Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Deputat mahallada Sport obyektlari holati va “Ochiq budjet” natijalari — deputat nazoratida

 Sport obyektlari holati va “Ochiq budjet” natijalari —
deputat nazoratida
 

Yosh avlodning jismonan sog‘lom bo‘lib voyaga yetishi
uchun mahalla va maktablardagi sport inshootlarining holati, zarur anjomlar
bilan jihozlanganligi muhim ahamiyat kasb etadi.
 

 24-Ko‘lota
saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati (“Adolat”
SDP guruh a’zosi) B.Rahmonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi
G.Xudoyqulova tomonidan hududdagi sport obyektlarining holati o‘rganildi.
 

 O‘rganish
davomida okrug hududidagi 29-sonli umumta’lim maktabining sport zali va undagi
sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
 

 O‘rganish
xulosalari:
 

Maktabda o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishi
uchun imkoniyatlarmavjud, biroq sport zali bugungi kunda ta’mirtalab holatga
kelib qolganligi aniqlandi.
 

Mazkur masalani hal etish bo‘yicha o‘tkazilgan
suhbatlar davomida ijobiy yangilik ma’lum bo‘ldi: ushbu ta’lim muassasasi
“Ochiq budjet” (Open Budget) loyihasida ishtirok etib, g‘olib deb topilgan.
 

Hozirda maktabni ta’mirlash uchun mablag‘ ajratilishi
kutilmoqda va eng muhimi, mazkur ta’mirlash ishlari rejasiga sport ta’mirlash
ham kiritilgan.
 

 Deputat
ta’kidi:
 

“Sport zalining ta’mirtalab ekanligi o‘quvchilarning
mashg‘ulotlariga biroz qiyinchilik tug‘dirayotgan edi. Quvonarlisi, 'Ochiq
budjet' loyihasi orqali bu muammo o‘z yechimini topmoqda. Biz ajratilayotgan
mablag‘larning maqsadli sarflanishi va ta’mirlash ishlarining sifatli
bajarilishini nazorat qilib boramiz”, — dedi deputat B.Rahmonova.
Telegram
(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati)
Facebook (https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/ 

Slide 1 of 2