Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
#doimiy_komissiya 👨‍💼 Xodimlarni moddiy rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ayrim tashkilotlar xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish uchun mablag‘ ajratish masalalari ko‘rib chiqildi.

Birinchi masala yuzasidan, Ishtixon tumani hokimi birinchi o‘rinbosari Q.Nuriddinovning 2026-yil 9-apreldagi 2/2956-son bildirish xati hamda Ishtixon tumani hokimligi Iqtisodiyot va moliya bo‘limining 2026-yil 7-apreldagi 01-38-357-son xulosasiga muvofiq, Ishtixon tumani hokimligi Iqtisodiyot va moliya bo‘limi xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida rag‘batlantirish uchun 95 mln 500 ming so‘m mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, Ishtixon tumani hokimi birinchi o‘rinbosari Q.Nuriddinovning 2026-yil 26-martdagi 2/2496-son bildirish xati hamda Ishtixon tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limining 2026-yil 26-martdagi 01-38-314-son xulosasiga asosan, Ishtixon tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hamda bosh mutaxassisini 2026-yilning fevral-dekabr oylarida har oy bir oklad miqdorida rag‘batlantirish uchun 77 mln 664 ming 455 so‘m mablag‘ ajratish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, ushbu rag‘batlantirish mablag‘lari xodimlarning mas’uliyatini oshirish, ularga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishi hamda hududni rivojlantirish va aholi bilan ishlash borasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Mazkur masalalar yuzasidan doimiy komissiya a’zolari tomonidan tegishli taklif va mulohazalar bildirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4