Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
Kengash_faoliyati

TIBBIYOT SOHASI — KORRUPSIYADAN HOLI HUDUD!

✅Bandixon tumanida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish va tizimda ochiqlikni ta’minlash maqsadida “Korrupsiyasiz soha” dasturi doirasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

✅Tuman tibbiyot birlashmasida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi a’zolari, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari va tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.

✅Uchrashuvda quyidagi mas’ullar so‘zga chiqdi:

✅Erkinjon Jurayev – Komissiya raisi;

✅Azamat Pardayev – Komissiya kotibi;

✅Begzod Ostonov – Tuman prokurori yordamchisi;

✅Elbek Jumanazarov – Tuman Adliya bo‘limi bosh yuristkonsulti;

✅Nodira Allamuratova – Tuman Kengashi deputati, komissiya a’zosi.

✅uchrashuvning asosiy urg‘usi:

✅Uchrashuv davomida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, shifokor va bemor o‘rtasidagi munosabatlarda shaffoflikni qaror toptirish masalalari muhokama qilindi.

 

✅Profilaktika: Tibbiyot xodimlari o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va kasb etikasiga rioya qilish.

✅Ochiqlik: “Korrupsiyasiz soha” dasturini hayotga tatbiq etish orqali bemorlar va shifokorlar o‘rtasidagi munosabatlarni shaffoflashtirish.

✅Mas’uliyat: Har bir xodim korrupsiya nafaqat qonuniy javobgarlikka, balki soha rivojiga to‘siq ekanligini chuqur his etishi zarurligi ta’kidlandi.

✅"Tibbiyot — muqaddas soha. Bu yerda inson taqdiri va salomatligi birlamchi o‘rinda turishi lozim. Har qanday korrupsion holat nafaqat qonun buzilishiga, balki xalqning davlatga va tibbiyotga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi," — deya ta’kidlab o‘tdi komissiya raisi E.Jo‘rayev.

✅"Bizning maqsadimiz – tibbiyotni ta’magirlikdan xoli, xalq ishonchiga sazovor bo‘lgan haqiqiy shifo maskaniga aylantirishdir."

Slide 1 of 10