Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
Tashabbuskor va tadbirkor deputat

Vobkent tumanida chorvachilikni rivojlantirish, chorva mollari bosh sonini koʻpaytirish, naslini yaxshilash hisobiga mahsuldorligini oshirish, xalqimiz dasturxoniga mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon chorva mahsulotlarini uzluksiz yetkazish kabi muhim vazifalarga ham alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

 "Shanba" mahallasida faoliyat yuritib kelayotgan “Zahro yulduzi” chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaligi rahbari, xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Anvar Kenjayev oʻz fermer xoʻjaligida chorva boqishni yoʻlga qoʻygan. 

 Fermer xoʻjaligida Avstriya mamlakatidan smental zotli 100 ta sigir olib kelingan. Hozirgi vaqtda jami 200 ga yaqin qoramolni parvarishlab kelmoqda. 94 gektar ozuqa ekinlariga moʻljallangan yer maydoni mavjud. Yiliga 60 tonnadan ortiq sut olinadi va har bosh sigir 15-20 litr atrofida sut beradi. Yillik sof daromadi esa 900 million soʻmdan ortiqni tashkil etadi. Hozirda 20 nafarga yaqin ishsiz fuqarolarning bandligi taminlangan.

A.Kenjayev investitsiyaviy dastur asosida qoramollar sonini 1000 boshga yetkazilishi belgilangan. Natijada 100 nafardan ortiq ishsiz fuqarolarni bandligini taʼminlab, deputat tomonidan tumanning ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishiga hissa qoʻshish niyat qilingan. 

Slide 1 of 5