Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Sessiyada Buxoro viloyatida 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarining manzilli dasturi koʻrib chiqildi
Hududlarda infratuzilma va obodonlashtirish ishlari – deputat nazoratida

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️Hududlarda infratuzilma va obodonlashtirish ishlari – deputat nazoratida

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi 43-Do‘stlik saylov okrugi deputati Suhrob Saifnazarov, Yangihayot tumani Kengashi deputati Xasanjon Dadabayev hamda tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i I.Xushvaqtov bilan birgalikda tumanning “Yangi Gulzor” va “Jaloir” mahallalari hududida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

📝 Jarayon davomida “Obod mahalla” dasturi doirasida qurilayotgan stadion, ichki ko‘chalar infratuzilmasi, xususan yoritish tizimlari holati atroflicha ko‘rib chiqildi. Hududlarda mavjud sharoitlarni yaxshilash, aholiga qulaylik yaratish va xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

🔎 Shu bilan birga, Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida, ayniqsa ichki yo‘llar holati, ko‘chalarni yoritish, sport infratuzilmasini rivojlantirish, aholi bandligi va ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺 Xususan, “Yangi Gulzor” va “Jaloir” mahallalari hududidagi barcha ichki ko‘chalarni zamonaviy yoritish tizimlari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash rejalashtirilib, bu borada aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

🤝 Deputatlar va mutasaddi rahbarlar tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirish, mavjud muammolarni tizimli hal etish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 7