Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Sessiyada Buxoro viloyatida 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarining manzilli dasturi koʻrib chiqildi
#deputat_faoliyati

Jondor tumanida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish hamda oilalar daromadini ko‘paytirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Bu boradagi navbatdagi uchrashuv “Ko‘liyon” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etildi.

Mazkur hududga Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 23-Ko‘liyon saylov okrugidan saylangan deputat U. Ro‘ziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov tashrif buyurib, mahallada amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv davomida aholini, ayniqsa xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish va tadbirkorlikka jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat jarayonida pilla qurti yetishtirish orqali oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Ushbu yo‘nalish nafaqat xotin-qizlar uchun qo‘shimcha daromad manbai yaratishi, balki yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, oilalar farovonligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

🔹Bunday tashabbuslar mahallalarda xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, ularni mehnat bozoriga faol jalb etish hamda hududlarda tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Jondor tumanida bu boradagi ishlar kelgusida ham tizimli ravishda davom ettiriladi.                                                                                                 

Slide 1 of 4