Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Sessiyada Buxoro viloyatida 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarining manzilli dasturi koʻrib chiqildi
#deputat_faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 482-sonli qaroriga muvofiq, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida “Jondor tumanining ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish” loyihalarini Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 12-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat J.Xudoyev joyida chiqib o‘rgandi.

Mazkur loyiha hudud aholisini sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash, eskirgan suv ta’minoti tizimlarini yangilash hamda zamonaviy infratuzilmani barpo etishga qaratilgan. Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida yangi suv quvurlari tortilmoqda, nasos stansiyalari va tozalash inshootlari qurilishi davom etmoqda.

Shuningdek, loyiha orqali aholining sanitariya-gigiyena sharoitlari yaxshilanib, atrof-muhit muhofazasi hamda sog‘liqni saqlash ko‘rsatkichlari ijobiy tomonga o‘zgarishi kutilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, hududda yashovchi fuqarolarning turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Umuman olganda, mazkur loyiha Jondor tumanining muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, kelgusida barqaror va sifatli xizmat ko‘rsatish tizimini shakllantirishga mustahkam zamin yaratadi.

Slide 1 of 4