Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
Ichki ko‘chalar holati qoniqarlimi?

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining 2026-yil 13-mart kunidagi sessiya ishida Bekobod shahridagi ichki ko‘chalarni holati va 2026-yilga bajariladigan manzilli
ishlar ro‘yxat tasdiqlangan. O‘tgan bir oy mobaynida mazkur sessiya qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirildi? Ushbu savollarga javob topish
maqsadida shahar kengashi kotibiyati mudiri X.Ibragimova, shahar kengashi deputatlari J.Kamolxodjayev, U.Abdunazarov ishtirokida
shahar Obodonlashtirish boshqarmasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Unda shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi hamda Obodonlashtirish boshqarmasini mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Ushbu shakllantirilgan manzilli ro‘yxatda shaharning ichki yo‘llari joriy ta’mirlanishida 31 ta MFY hududida 115 ta ko‘chani o‘z ichiga qamrab oladi. Joriy ta’mirlanishga muhtoj ko‘chalarning jami uzunligi 46744 metr masofadagi ichki ko‘chalarda 30250 m2 qismini ta’mirlash nazarda tutilgan. Bunda mahalliy byudjet hisobidan 2994, 7 mln.so‘m ajratilishi belgilangan. Bugungi kungacha Ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha hujjatlar tayyorlangan bo‘lib, keyingi bosqichdagi ishlar boshlanmagan. Ya’ni ta’mirlash ishlari bo‘yicha bitum xaridi bo‘yicha lotga qo‘yilmagan va Ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘limida 4 nafar ishchidan 2 nafari bilan ishlash bo‘yicha muammolar mavjud. Olib kelingan aksariyat texnikalardan foydalanish talab darajasida emas. Yuqorida ko‘tarilgan masala yuzasidan shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga va shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limiga tegishli so‘rovlar bilan murojaat etildi.   

Slide 1 of 5