Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Yuldashevning sessiyada aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

#Sesiyadan

Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Yuldashevning sessiyada aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

 Axborotga ko‘ra, 2025 yilda 320 ming nafar ehtiyojmand fuqarolar 540 ming ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olinib, xizmatlar hajmi 3,6 barobar oshgan. Natijada ijtimoiy masalalar bo‘yicha murojaatlar respublika darajasida 48%, viloyat darajasida 57%, tuman darajasida esa 50% ga qisqargan.

📊 “Faol hayotga qadam” dasturi asosida 4 541 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy-tibbiy reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatilib, 421 nafarining sog‘ligi tiklandi. Ularning 624 nafar oila a’zolari bandligi ta’minlandi, daromadi oshganligi sababli 95 ta oila kambag‘allik reyestridan chiqarildi.

👍 Shuningdek, aholiga manzilli yordam ko‘rsatish, huquqiy maslahatlar berish, davlat xizmatlarini mahalla darajasida tashkil etish orqali fuqarolarning muammolari samarali hal etilmoqda.

👍 Ushbu ishlar fuqarolar manfaatini ta’minlash, inson qadri va xalq farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

✅ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1