Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Ishtixon tumanida nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish masalasi muhokama qilindi
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida tumanda joylashgan “Yangi-Kent”, “Mehnat-Rohat” va “Ming-Chinor” nasos stansiyalarini xorijiy investitsiya mablag‘lari hisobidan modernizatsiya qilish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda Ishtixon tumani Nasos stansiyalari va energetika bo‘limi boshlig‘i X. Alibekov ishtirok etib, mazkur loyiha yuzasidan ma’lumot berdi.
Ta’kidlanganidek, loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining suv xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan tegishli qaror va farmonlari hamda hukumatning investitsiya dasturlari asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida 3 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish orqali 4 428,4 gektar sug‘oriladigan yer maydonlarini kafolatli suv bilan ta’minlash, ularning samaradorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, energiya samaradorligini oshirish maqsadida nasos stansiyalarida quyosh panellarini o‘rnatish rejalashtirilayotgani qayd etildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyihaning o‘zini o‘zi qoplash muddati 9 yilni tashkil etishi kutilmoqda. Shu bilan birga, qurilish xarajatlarining oshishi, texnik yangilanishlar, ob-havo sharoitlari hamda pudratchilar bilan bog‘liq ayrim tavakkalchiliklar mavjudligi ham muhokama qilindi.

Yig‘ilishda loyiha bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni puxta ishlab chiqish, mavjud xavflarni kamaytirish hamda investitsiya mablag‘laridan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 3