Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Ishtixon tumanidagi 96-maktabda qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati U.Nurmuxamedov tomonidan Ishtixon tumanidagi 96-umumta’lim maktabida “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi. Mazkur o‘rganish jarayonida ayniqsa qonunning 11-moddasida belgilangan vazifalar, ya’ni yosh avlodni jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol etib tarbiyalashga qaratilgan ishlar tahlil qilindi.

Qonunchilikka muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi zimmasiga bolalarda sportga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish hamda turli salbiy ta’sirlardan himoya qilish vazifalari yuklatilgan. Shu asosda maktabda jismoniy tarbiya va sport sohasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida o‘quvchilar o‘rtasida sportga qiziqishni oshirish, ularni muntazam ravishda jismoniy mashg‘ulotlarga jalb etish borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Jumladan, jismoniy tarbiya darslarining muntazam tashkil etilishi, sport to‘garaklarining faoliyati hamda turli musobaqalarning o‘tkazilishi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda e’tiborni yanada kuchaytirish zarurligi ham ta’kidlandi. Xususan, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport inshootlaridan samarali foydalanish va zararli odatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Deputat tomonidan o‘rganish yakunlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Bu esa kelgusida yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularni sog‘lom va faol hayotga yo‘naltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 

Slide 1 of 2