Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
🏥🔨 Minglar mahallasidagi 14-son oilaviy poliklinika rekonstruksiya ishlari boshlandi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati A.Rabbimov tomonidan, hududda tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida bildirgan takliflar asosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-393-sonli Qarori bilan tasdiqlangan o‘z saylov okrugidagi Minglar mahallasida joylashgan 14-son oilaviy poliklinika binosini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi.

🔍 Deputat tanishuv jarayonida poliklinika binosining mavjud holatini ko‘zdan kechirdi va rejalashtirilgan qurilish ishlarini joyida o‘rgandi. Loyihaga ko‘ra, mavjud 50 qatnovli poliklinika o‘rniga yangi 50 qatnovli bino qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u 1-tip oilaviy poliklinika sifatida zamonaviy sharoitlar bilan jihozlanadi.

📌 Rekonstruksiya ishlarining asosiy maqsadi — aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, poliklinika imkoniyatlarini kengaytirish va qulay sharoit yaratishdir. Deputat qurilish jarayonining sifat va muddatini nazorat qilish bo‘yicha tavsiyalar berdi va loyiha ijrosini yaqindan kuzatib borishini ma’lum qildi.

💬 Shu bilan birga, yangi bino qurilishi hudud aholisi uchun qulay va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yaratishga xizmat qiladi, shuningdek, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish va zamonaviy sog‘liqni saqlash standartlariga moslashtirish imkonini beradi.

✅ Mazkur loyiha Ishtixon tumanida ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiya qilish va aholining tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Slide 1 of 3