Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Mingtut mahallasidagi muammolarni joyida o‘rgandi

Samarqand shahar hokimi,deputati Fazliddin Umarov aholi murojaatlari va hududlardagi dolzarb masalalarni o‘rganish maqsadida Mingtut mahallasida bo‘ldi.

Unda mahallaning mavjud infratuzilmasi, ijtimoiy sharoitlari va obodonlashtirish ishlari atroflicha tahlil qilindi. Xususan, aholi va mahalla xodimlari uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha zamonaviy mahalla markazi binosini barpo etish masalasi ilgari surildi.

Shuningdek, hududdagi ichki yo‘llarning holati, tungi yoritish tizimlari, piyodalar harakati uchun mo‘ljallangan yo‘laklar hamda obodonlashtirish ishlarining bugungi ahvoli ko‘rib chiqildi.

Shahar rahbari mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, rejalashtirilgan loyihalarni sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma berdi.

Slide 1 of 1