Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Sessiyada Buxoro viloyatida 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarining manzilli dasturi koʻrib chiqildi
DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi”ning 2026-yil 31-mart kuni navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibida navbatdagi sessiyaga kiritilayotgan masalalar muhokama qilindi. - Angor tumanida atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati - Vegetatsiya hamda kuz-qish mavsumlari uchun yakuniy iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini tasdiqlash masalasi. Yig‘ilish davomida doimiy komissiya a’zolari va deputatlar tomonidan Angor tumani Ekopolitsiya bo‘limi rahbari M. Bodiyevning hisoboti tinglandi. Hisobotda tumanda ekologik holatni yaxshilash, “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi

Shuningdek, Angor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Rajabov Chorshanbi tomonidan vegetatsiya va kuz-qish davrlarida ekinlarni sug‘orish uchun suv taqsimoti, limitlar belgilanishi hamda bu boradagi dolzarb masalalar yuzasidan hisobot taqdim etildi.  

 Hisobotda, ayniqsa, suv resurslaridan oqilona foydalanish, aqlli suv tejagich texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ushbu masalalar navbatda sessiya kun tartibiga kiritish belgilandi.

Yig‘ilishni tashkil etish va olib borish mas’uliyati kotibiyat mutaxassisi L. Xurramov zimmasiga yuklatildi.

Slide 1 of 1