Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Marg‘ilon shahar Kengashida haftalik faoliyat sarhisob qilindi

🔹Marg‘ilon shahar Kengashida navbatdagi haftalik yig‘ilish o‘tkazilib, unda joriy haftada amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi hamda kelgusi xafta uchun vazifalar belgilab olindi.

🔹Yig‘ilish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev rahbarligida bo‘lib o‘tdi. Unda o‘tgan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar, xususan, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 22-sessiyasi o‘tkazilgani yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi. Sessiyada ko‘rilgan masalalar va qabul qilingan qarorlarning ahamiyati alohida qayd etildi.

🔹Shuningdek, yig‘ilish davomida haftalik ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham ochiq muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

🔹Yig‘ilish yakunida 30–31 mart hamda 1–3 aprel kunlari amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab olindi va yangi ish rejasi ishlab chiqildi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullar zimmasiga aniq topshiriqlar yuklatildi.

🔹Ta’kidlanganidek, Kengash faoliyatida tizimlilikni ta’minlash, rejalashtirilgan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish ustuvor vazifa bo‘lib qoladi. 

Slide 1 of 3