Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Sessiyada Buxoro viloyatida 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarining manzilli dasturi koʻrib chiqildi
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan Yoshlar maslahat guruhi faoliyatining asosiy masalalari bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yoshlar maslahat guruhining yig‘ilishida Kengash kotibiyati mudiri D.Sherboyev, deputatlar M.Kenjayeva, M.Ramazonov hamda bosh mutaxassisi B.Xoliqovlar ham qatnashdilar.

Ushbu yig‘ilish boshlanishidan oldin ishtirokchilar 27.03.2026 yilda Senatda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzuridagi Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan seminarda onlayn tarzda Zoom ilovasi orqali ishtirok etishdi.

Semenarda yoshlarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda Yoshlar maslahat guruhlari faoliyati samaradorligini oshirish, ularni qonun ijodkorligi jarayonlariga faol jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Onlayn semenar yakunlangandan so‘ng, tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan Yoshlar maslahat guruhi faoliyatining asosiy masalalari bo‘yicha yig‘ilish davom ettirildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan qatnashuvchilar tomonidan fikr va takliflar bildirilib, o‘tildi.

Jumladan, Yoshlar maslahat guruhining asosiy maqsadi– yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‘llab quvvatlashda, norma ijodkorligi jarayonida, xususan, yoshlar masalalariga doir qaror loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishda faol ishtirok etish, yoshlarga doir masalalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish, bu borada tuman Kengashi deputatlariga ko‘maklashishdan iborat ekanligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning har tomonlama salohiyatini kuchaytirish hamda yoshlarning jamoatchilik boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 7