Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Sessiyada Buxoro viloyatida 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarining manzilli dasturi koʻrib chiqildi
янв.21
KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda komissiya aʼzolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi xodimlari, NNTlar, milliy madaniy markazlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoro viloyatining 2026-yilgi strategik taraqqiyot yo‘nalishlari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amaliy tavsiyalar berildi

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Shamsiddinova tuman Kengashi deputati O. Yuldoshyevga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 92-sonli qarori asosida mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasiga ko‘ra yoshlarga ko‘rsatiladigan yordam turlari bilan tanishtirdi hamda zarur tavsiyalar berdi.

Shuningdek, mahalla yettiligi bilan hamkorlikda ishlash jarayonida yoshlar yetakchisining mehnatiga to‘lanadigan haq, boshqa to‘lovlar va unga nisbatan qo‘llaniladigan imtiyozlar yuzasidan fikr almashildi.

Ayni paytda, joylarda aholi bilan uchrashuvlar davomida “Yoshlar daftari”ga kiritiladigan yoshlar uchun mavjud imtiyozlar haqida keng targ‘ibot ishlarini olib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2