Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati B.Daubaeva tomonidan “Do‘stlik” mahallasida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
🔍 O‘rganish davomida:
▪️aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati,
▪️kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar tayinlash,
▪️moddiy yordamlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri to‘lanishi holati
atroflicha tahlil qilindi.
📌 Joylarda olib borilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
🤝 Aholi farovonligi va ijtimoiy himoyani ta’minlash — eng ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.