Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
Joriy yilning 14-mart kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati J. Hafizov tomonidan Navoiy shahridagi Janubiy mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

Joriy yilning 14-mart kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati J. Hafizov tomonidan Navoiy shahridagi Janubiy mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.Mazkur sayyor qabul davomida mahalla aholisi tomonidan turli masalalar, jumladan, ijtimoiy soha, kommunal xizmatlar, bandlik, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolarni qiynayotgan boshqa dolzarb muammolar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.Qabul jarayonida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘rnatilib, ularning taklif va tashabbuslari alohida e’tiborga olindi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar ijroga yo‘naltirildi.Shuningdek, deputat tomonidan aholiga yaratilayotgan imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda hududni yanada rivojlantirish borasidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar kelgusidagi faoliyatda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.Bunday sayyor qabullar aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni samarali hal etishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5