Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Sessiyada Buxoro viloyatida 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarining manzilli dasturi koʻrib chiqildi
Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

📌Jamiyatda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligi va ijtimoiy faolligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil davom etmoqda.

🔹Shu maqsadda og‘ir ahvolga tushib qolgan oilalarni aniqlash, ularni “Temir daftar”ga kiritish, hisobini yuritish hamda zarur yordam choralarini belgilash ishlari amalga oshirilmoqda.

🔹Bu jarayonda turli yo‘nalishdagi ijtimoiy yordamlar nazarda tutilgan bo‘lib, jumladan:

🔹ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar ajratish;

🔹jarrohlik amaliyoti yoki davolanish xarajatlarini qoplash;

🔹oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa zarur tovarlar bilan ta’minlash;

🔹turar joy ijarasi yoki ta’mirlash xarajatlarini qoplash;

🔹kommunal xizmatlar va yoqilg‘i xarajatlarini qoplash hamda

🔹tabiiy ofatlar natijasida zarar ko‘rgan uy-joylarni tiklash ishlarini moliyalashtirish kabi yo‘nalishlar qamrab olingan.

🔹Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oilalari uchun ham qator qulay imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, turar joylarda pandus yoki ko‘tarish moslamalari o‘rnatish, onlayn-auksion orqali yer uchastkasini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash imkoniyati ham nazarda tutilgan.

🔹Shu munosabat bilan xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi kotibiyati mudiri D.Adilova hamda 4-Amir Temur saylov okrugi deputati D.Yusupovlar “Amir Temur” mahallasidagi ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishdilar. Ushbu jarayonda tuman tibbiyot muassasalari xodimlari bilan hamkorlikda ishlash masalalari ham o‘rganildi.

🔹Bunday tashabbuslar aholi bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularning hayot sifatini oshirish va jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlashga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 7