Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Sessiyada Buxoro viloyatida 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarining manzilli dasturi koʻrib chiqildi
янв.21
KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda komissiya aʼzolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi xodimlari, NNTlar, milliy madaniy markazlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoro viloyatining 2026-yilgi strategik taraqqiyot yo‘nalishlari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Хalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot

 Sayyor qabul — aholi
dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
 

  

🔷 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman
Kengashi deputati Jamshidbek Eminov
tomonidan Xo‘ja Axmad Vale MFY hududida sayyor qabul tashkil etilib, fuqarolar bilan
ochiq, samimiy va amaliy muloqot o‘tkazildi.
 

🔷 Uchrashuv davomida aholi tomonidan
elektr ta’minotini yaxshilash, jumladan mahalla hududidagi ko‘chalarga 35 ta beton tayanch ustuni o‘rnatish, shuningdek
ichki ko‘chalarni 3,5 km masofada asfaltlash
zarurligi yuzasidan qator murojaat va takliflar bildirildi.
 

🔷 Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan
tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari bilan birgalikda muhokama o‘tkazilib,
ularni atroflicha o‘rganish va bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq vazifalar
belgilab olindi. Barcha murojaatlar deputatlik
nazoratiga olinib
, ularning ijrosi ta’minlanishi ustidan muntazam nazorat
olib borilishi ta’kidlandi.
 

🔷 Bunday sayyor
qabullar aholi bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, joylardagi dolzarb muammolarni
o‘rganish va ularning yechimiga qaratilgan amaliy choralarni belgilashda muhim ahamiyat
kasb etmoqda.
 

  

Telegram | Facebook | YouTube 

   

Slide 1 of 5