Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Sessiyada Buxoro viloyatida 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarining manzilli dasturi koʻrib chiqildi
янв.21
KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda komissiya aʼzolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi xodimlari, NNTlar, milliy madaniy markazlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoro viloyatining 2026-yilgi strategik taraqqiyot yo‘nalishlari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi raisi Z.Naxalov tomonidan o‘z saylov okrugida joylashgan Qayirma mahallasidagi 71-umumiy o‘rta ta’lim maktabida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hudud aholisi tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni o‘rganish, joylarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilashdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, uning aholi turmush farovonligini oshirishdagi ahamiyatini tushuntirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar sifati, ichki yo‘llar holati, ijtimoiy yordam olish tartibi, bandlik masalalari hamda boshqa dolzarb muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha tinglanib, ularni qonuniy asosda hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlab o‘tildi.

Muloqot jarayonida aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, hududni obodonlashtirish, yoshlar bandligini ta’minlash hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Mazkur uchrashuv fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholini o‘ylantirayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning ijobiy yechimiga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etish orqali aholi bilan samarali muloqotni mustahkamlash va ularning ishonchini yanada oshirish ko‘zda tutilgan. 

Slide 1 of 3