Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Istirohat bog‘ning holati deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari tomonidan Ishtixon tumani markazidagi istirohat bog‘ida o‘tkazilgan o‘rganishlar hududdagi obodonlashtirish ishlari qoniqarli darajada emasligini ko‘rsatdi.

Bog‘ — aholi, ayniqsa yoshlar va keksalar uchun dam olish, sayr qilish, farzandlar bilan vaqt o‘tkazish maskani hisoblanadi. Shu bois uning holati doimiy e’tibor va parvarishni talab etadi. Afsuski, o‘rganish davomida bir qator kamchiliklar aniqlandi.

Hududda tozalanmay qolgan barg-hazonlar mavjudligi sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, ta’mirlash ishlari olib borilgan joylarda tosh uyumlari tartibsiz qoldirilgani, ayrim yo‘laklar to‘liq tiklanmagani kuzatildi.

Dam oluvchilar uchun o‘rnatilgan o‘rindiqlarning singan, ayrimlari esa bo‘yalmagan holda ekani fuqarolar uchun noqulaylik tug‘dirmoqda. Bu esa bajarilgan ishlar sifati va nazorati yetarli darajada emasligidan dalolat beradi.

Obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ularning yakuniy tartibga keltirilmagani hududning umumiy ko‘rinishiga putur yetkazmoqda. Dam olish maskani bo‘lishi kerak bo‘lgan joyda e’tiborsizlik alomatlari ko‘zga tashlanmoqda.

Deputatlar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini kuchaytirish hamda istirohat bog‘ini haqiqiy dam olish maskaniga aylantirish zarurligi ta’kidlandi. Zero, jamoat joylaridagi tartib va obodonlik — hududga bo‘lgan e’tibor va mas’uliyat ko‘rsatkichidir. 

Slide 1 of 6