Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda 10-“Boyqozon” saylov okrugidan saylangan deputat Ermatov Alibek Xojimurotovich o‘z saylov okruglaridagi hududlarda olib borilayotgan ijtimoiy-madaniy faoliyat bilan yaqindan tanishish maqsadida “Boyqozon” MFY yettiligi bilan hamkorlikda mahalla hududida joylashgan Boyqozon madaniyat markaziga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida madaniyat markazining faoliyati, aholi, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, turli to‘garak va madaniy tadbirlarni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, deputatlar tomonidan madaniyat markazining moddiy-texnik bazasi, mavjud sharoitlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Hudud aholisi, ayniqsa yoshlar uchun madaniy muhitni yanada yaxshilash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan taklif va mulohazalar bildirildi. 

Slide 1 of 4