Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Sessiyada Buxoro viloyatida 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarining manzilli dasturi koʻrib chiqildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashining haftalik ish rejasida belgilangan “Deputat bilan bir kun” loyihasi doirasida deputatlar faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish maqsadida bugun 12-Boyovut saylov okrugidan saylangan deputat Salohiddin Kuldashovning bir kunlik faoliyati o‘rganildi.

➡️Tadbir davomida deputat dastlab mahalla “yettiligi” a’zolari bilan uchrashib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashdi.

➡️Shundan so‘ng deputat “Markaz” mahallasida joylashgan 42-sonli umumta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, sinf xonalarining holati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

➡️Keyingi manzil sifatida deputat mahalladagi 17-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif no‘ldi. Muassasada bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar, tarbiyalanuvchilarga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, sanitariya-gigiyena talablari hamda xonalarining issiqlik holatini o‘rgandi.

➡️Shuningdek, deputat mahalla profilaktika inspektori bilan birgalikda hudud yoshlari bilan uchrashib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasida suhbatlashdi.

➡️Tadbir yakunida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaatlari deputat tomonidan shaxsan tinglandi hamda bildirgan taklif va muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 8