Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
keytring xizmatlari nazoratda

Bugun xalq deputatlarii Qo‘shko‘pir tuman Kengashida deputatlar, tegishli tashkilot va muassasalar vakillari hamda siyosiy partiyalar tuman kengashlari mas’ul xodimlari ishtirokida ishchi gurux tuzilib, umumta’lim maktablarida yo‘lga qo‘yilgan keytring xizmatlari sifati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida o‘quvchilarga taqdim etilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, ularning yaroqlilik muddatlari, saqlash sharoitlari hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi atroflicha tahlil qilindi.  

Mutasaddilar tomonidan mahsulotlarning sertifikatlari, ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddatlari ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, mazkur oziq-ovqat mahsulotlarining bolalar tomonidan qanday qabul qilinayotgani, ta’m sifati hamda iste’mol darajasi ham o‘rganildi.

Ushbu masala tegishli doimiy komissiya muhokamasiga qo‘yilib, zarurat tug‘ilganda sessiya yig‘ilishi kun tartibiga kiritish rejalashtirildi.

Slide 1 of 1