Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi

Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-35-V sonli qarori asosida hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish hamda mahallalardagi muammolarni hal etish boʻyicha hamkorlik yoʻnalishlari bo'yicha Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati I. Qurbonov oʻzi saylangan “Yakkaterak” mahallasida boʻldi.

Tashrif davomida deputat mahallada hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, “mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida mahalla aholisi bilan muloqot tashkil etish maqsadida joylarga chiqib, fuqarolar bilan suhbatlar oʻtkazdi.

Oʻrganish jarayonida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish borasida olib borilayotgan ishlar koʻrib chiqildi. Jumladan, hokim yordamchisi ko‘magida ajratilgan imtiyozli kreditlar asosida tashkil etilgan issiqxonachilik va chorvachilik yoʻnalishlarida faoliyat olib borayotgan fuqarolar bilan suhbatlar o'tkazildi.

Shuningdek, tashrif davomida mahalladagi 20-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotiga borilib, muassasada bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning ovqatlanishini tashkil etish jarayoni, ovqatlanish retseptlariga amal qilinishi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati ham koʻzdan kechirildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berildi hamda mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 11