Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
Yoshlar kuni

Bugun, payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan tuman hokimi Uchqun Yelmuratov mutasaddilar hamrohligida yosh tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi.

 Jumladan, “Abay” mahallasi hududida o‘quv markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan Gulchehra Bahromova bilan suhbatlashgan tuman rahbari “Ko‘mak” loyihasi doirasida 130 mln. so‘m miqdorida ssuda mablag‘lari ajratilishida amaliy yordam berilishini ta’kidladi.

Bugungi kunda loyiha tashabbuskori tomonidan zaruriy hujjatlar tayyorlanib, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasiga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.

 Shuningdek, “Formula & Fluency” o‘quv markazi rahbari Anvar To‘rayev bilan markaz faoliyati, bugungi kunda o‘quvchilar qamrovi hamda o‘qitilayotgan fan yo‘nalishlarini kengaytirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Tavsiya va yo‘nalishlar muhokama qilindi.

 Bundan tashqari, “UCHQUDUQ DIYOR MEBEL” MChJ rahbari Qandiyor Obloyev, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ko‘ma savdo nuqtasida sotayotganligini bildirib, doimiy savdo qiladigan joyga aylantirishda amaliy ko‘mak so‘rab, murojaat qildi.

Yosh tadbirkorning ushbu murojaati Kadastr agentligini tuman bo‘limiga o‘rganish va aniq taklif kiritish uchun yo‘naltirildi.

Slide 1 of 6