Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
MUROJAAT IJROSI: MUAMMOLAR JOYIDA HAL ETILDI

     Yaqinda “Bobur” mahallasi, Mustaqillik ko‘chasida yashovchi fuqaro Mamlakatxon Umarova tomonidan qilingan murojaat
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi tomonidan alohida nazoratga olindi. Murojaatni joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida tuman Kengashi Kotibiyati mudiri O.Mamashukurov va tuman Kengashi deputati B.Rajabov mazkur xonadonda
bo‘lishdi. 

Muammo nimada edi?

    Fuqaro M.Umarova yolg‘iz yashashi, uyining tom qismi yaroqsiz holga kelib qolgani sababli yog‘ingarchilik kunlari chakki
o'tishi hamda o‘zi yashayotgan Mustaqillik ko‘chasi ta’mirtalab bo‘lib, loy va ko‘lmaklar aholi harakatiga qiyinchilik tug‘dirayotganidan shikoyat qilib, amaliy yordam so‘ragan edi. 

Amaliy natijalar va ijobiy yechimlar:

    O‘rganish davomida muammolar shunchaki tinglanib qolmadi, balki qisqa fursatda quyidagi chora-tadbirlar ko'rildi:  

  •     Yo‘l ta’miri: Mustaqillik ko‘chasining ta’mirtalab qismiga maxsus tosh (shag‘al) to‘kilib, yo‘l tekislandi. Endilikda yog‘ingarchilik kunlari ko‘chada suv to‘planib, ko‘lmaklar hosil bo‘lishining oldi olindi. 
  •       Bandlik masalasi: Fuqaroning ijtimoiy holatini inobatga olgan holda, uning bandligini ta’minlashga ko‘maklashildi. M.Umarova Sho‘rchi tumani dehqon bozoridagi muzlatkich omboriga ishga joylashtirildi. 
  •      Uyning tom qismini ta'mirlash: Murojaatdagi eng og‘riqli masala — uyning tom qismini yangilash bo‘yicha homiylar jalb etildi. Kelishuvga ko‘ra, homiylar tomonidan tom qismi uchun zarur bo‘lgan shiferlar olib beriladigan bo‘ldi va yaqin kunlarda
    ta'mirlash ishlari amalga oshirilishi belgilab olindi. 

        “Xalq vakillarining xonadonimga kelib, muammolarimni eshitgani va tezdagina amaliy yordam berganidan juda minnatdorman. Ayniqsa, uyimning tomini yopish uchun shiferlar olib berilishiga kelishilgani va o‘zimni ish bilan ta’minlashgani men uchun katta quvonch bo‘ldi”, — deydi Mamlakatxon aya. 

      Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi va deputatlar tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, joylardagi muammolarni
bartaraf etish tadbirlari izchil davom ettiriladi.  

Slide 1 of 1