Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylov okruglarida mahalla yettiligi hamda saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday ochiq va samimiy muloqotlardan biri bugun “Jo‘langar” mahallasida tashkil etildi.

➡️ Uchrashuvda 6-Jo‘langar saylov okrugidan saylangan deputat Umurzoq Yarlakabov mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilma holati, aholi bandligini ta’minlash, obodonlashtirish ishlari hamda fuqarolarni qiynayotgan boshqa dolzarb masalalar keng muhokama qilindi.

➡️ Saylovchilar tomonidan yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, ijtimoiy yordam va boshqa yo‘nalishlarda qator taklif hamda murojaatlar bildirildi. Har bir masala yuzasidan atroflicha tushuntirish berilib, tegishli tartibda ko‘rib chiqish va hal etish choralarini belgilash maqsadida deputatlik nazoratiga olindi.

Ta’kidlanganidek, fuqarolar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini tizimli o‘rganish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bunday uchrashuvlar xalq ishonchini mustahkamlash va hududlarni barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2