Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Qonun ijrosi — fuqarolar manfaati kafolati

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati V.Xasanov “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘RQ–848-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini o‘rganish maqsadida shahar adliya bo‘limida bo‘ldi.

Ushbu qonun aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini belgilab beradi. Ya’ni, fuqarolar o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda advokat yoki yuridik maslahat xizmatlaridan davlat tomonidan qoplanadigan tartibda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘rganish jarayonida qonunning amaliyotda qo‘llanilishi, murojaatlar soni va mazmuni, yuridik yordam ko‘rsatish mexanizmi, aholining xabardorlik darajasi

atroflicha muhokama qilindi.

Deputat tomonidan qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, ayniqsa, ehtiyojmand fuqarolarga huquqiy yordamni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.