Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Mahallalarda ijtimoiy himoyadagi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Mahallalarda ijtimoiy himoyadagi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mamlakatimizda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish hamda ularning muammolarini o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuv xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashi 2-“Ko‘prikboshi” saylov okrugidan saylangan deputati F.Abdug‘ofurova hamda mahalla yettiligi bilan birgalikda tashkil etildi.

Tadbir jarayonida mahallalarning birida ehtiyojmand nogironligi bo‘lgan oilaga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish, yordam ajratish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, fuqaroga mavjud imtiyoz va imkoniyatlar, davlat tomonidan berilayotgan ijtimoiy yordam turlari haqida tushuntirish berilib uning ijrosi tegishli tashkilotga yo‘naltirildi.

Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini joyida hal etish, ijtimoiy adolatni ta’minlash hamda fuqarolarning davlat va jamiyatga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Kelgusida ham bu kabi muloqotlar muntazam ravishda davom ettirilishi belgilandi.

Slide 1 of 4