Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Xalq deputatlari Doʻstlik tuman Kengashi deputati, “Agrobank” ATB viloyat boshqaruvi raisi Otaqulov Mirafzal tomonidan tumandagi A.Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini hududida aholi va yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

#Deputat_aholi_va_yoshlar_uchrashuvi.                           

Xalq deputatlari Doʻstlik tuman Kengashi deputati, “Agrobank” ATB viloyat boshqaruvi raisi Otaqulov Mirafzal tomonidan tumandagi A.Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini hududida aholi va yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                   Bugungi kunda joylarda aholi muammolarini oʻrganish, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularni tadbirkorlikka jalb etish bilan bir qatorda, aholi bandligini ta'minlash eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur uchrashuvda ham aynan shu masalalarga alohida e'tibor qaratildi.

Suhbat davomida fuqarolarni qiynayotgan muammolar, kredit olish tartibi, imtiyozli moliyaviy dasturlar, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va oʻzini oʻzi band qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Deputat tomonidan bank tizimi orqali ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, yoshlar va xotin-qizlar uchun maxsus dasturlar, yangi ish oʻrinlari yaratishga qaratilgan loyihalar haqida batafsil tushuntirish berildi.

Aholi bandligini ta'minlash maqsadida mahallada amalga oshirilishi mumkin boʻlgan kichik ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va tomorqa xoʻjaligini rivojlantirish yoʻnalishlari boʻyicha aniq takliflar ilgari surildi. Yoshlarga zamonaviy kasb-hunarlarni oʻrganish, startap loyihalarni yoʻlga qoʻyish va oʻz biznesini boshlash boʻyicha amaliy maslahatlar berildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ayrim masalalar joyida hal etildi va mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bunday ochiq muloqotlar aholining bandligini ta'minlash, daromad manbalarini koʻpaytirish va mahallada ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Eng muhimi, har bir fuqaroning tashabbusi va taklifi e'tibor markazida ekani yana bir bor namoyon boʻldi.      

📍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌍 Web sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=3&authority_id=304) | ✅ Do'stlik kengashi (https://t.me/XD_deputatlar_dustlik_tuman) | 💬 Facebook (https://www.facebook.com/Dustlikkengashi) | 📹 Youtube (https://youtube.com/@xd_dustlik_deputatlar_kengashi)

Slide 1 of 5