Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Deputat faoliyatidan

 “Quyun” MFYda targ‘ibot tadbirlari va fuqarolar qabuli o‘tkazildi 

  

 Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi
va kotibiyati tomonidan mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
bo‘yicha qabul qilingan qonun hujjatlarini aholi o‘rtasida targ‘ib qilish, ularning
mazmun-mohiyatini keng tushuntirish hamda saylovchilar bilan muloqotni kuchaytirish
maqsadida tuman hududlarida izchil ishlar olib borilmoqda. 

️ Navbatdagi tadbir ham Ohangaron
tumani “Quyun” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 7 avgustdagi 489-sonli — “Toshkent viloyatining
Angren shahri va Ohangaron, Parkent hamda Bekobod tumanlarida investitsiya loyihalarini
amalga oshirish va infratuzilmani yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori
mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Xususan, hujjatda nazarda tutilgan investitsiya
loyihalari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish hamda aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan
chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. 

️ Tadbir doirasida mahallada fuqarolar
qabuli ham o‘tkazildi. Qabul jarayonida aholi tomonidan bildirilgan kommunal xizmatlar,
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ta’lim, bandlik va infratuzilmaga oid murojaatlar tinglanib,
ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Ayrim masalalar
joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar tegishli
mutasaddi tashkilotlar va deputatlik nazoratiga olindi. 

️ Shuningdek, “Quyun” MFY hududida
aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va holati bo‘yicha jamoatchilik o‘rganishi
ham o‘tkazildi. Unda tibbiyot muassasalari faoliyati, dori-darmon ta’minoti, qabul
jarayonlarining tashkil etilishi hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlar tahlil
qilindi. Mavjud muammolarni bartaraf etish va xizmat sifatini oshirish yuzasidan
tegishli takliflar ishlab chiqildi. 

️ "Mahalla yettiligi” a’zolari
bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa mamlakatimizda qabul qilingan qonun va qarorlarning
mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, joylarda ijroni samarali tashkil
etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirildi. Qayd etilganidek, mahalla institutining
faol va hamjihat ishlashi aholi muammolarini erta aniqlash va ularni manzilli hal
etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

️ Tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlari
va fuqarolar qabuli aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, joylarda normativ-huquqiy
hujjatlar ijrosini ta’minlash hamda hududni barqaror rivojlantirishga xizmat qilayotgani
bilan ahamiyatlidir.  

Slide 1 of 2