Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Tuman deputatlari tomonidan ta’lim muassasasidagi kutubxona va sport to‘garaklari faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputatlari Bobojonova Gulchexraxon Pazlidinovna, Isrolilov Ziyodulla Artiqovich hamda Nishonov Nodirbek Rustamovichlar tomonidan tumandagi 9-umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, maktab
kutubxonasi hamda sport to‘garaklari faoliyatini o‘rganish maqsadida amaliy tashrif amalga oshirildi. Mazkur tashrif ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning intellektual va jismoniy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar ijrosi bilan tanishish doirasida tashkil etildi.

Tashrif davomida deputatlar, avvalo, maktab kutubxonasida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Kutubxonada o‘quvchilar uchun
zamonaviy adabiyotlar, darsliklar va qo‘shimcha o‘quv qo‘llanmalari mavjudligi, kitob fondining muntazam boyitib borilayotgani alohida qayd etildi. Shuningdek, o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitob taqdimotlari va tanlovlar o‘tkazib
kelinayotgani ta’kidlandi. Deputatlar yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish muhim vazifa ekanini bildirib, bu boradagi ishlarni yanada
kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Shundan so‘ng, sport to‘garaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi. Maktabda futbol, voleybol, shaxmat-shashka va boshqa sport yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyat yuritayotgani, o‘quvchilar muntazam mashg‘ulotlarda qatnashayotgani ma’lum qilindi. Sport inshootlarining holati,
jihozlanish darajasi va murabbiylar faoliyati yuzasidan fikr almashildi. Deputatlar yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni zararli
odatlardan asrashda sportning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida maktab rahbariyati bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Ta’lim sifati va tarbiya samaradorligini yanada oshirish, kutubxona fondini boyitish hamda sport jihozlarini yangilash masalalari yuzasidan amaliy takliflar bildirildi. Mazkur tashrif ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlarni o‘rganish, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda yosh avlod kamoloti yo‘lida hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 6