Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Umarova tomonidan Gulshan mahalla xotin-qizlar faolining faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar va belgilangan rejalar ijrosi bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash holati tahlil qilindi. Mavjud muammolar yuzasidan fikr almashilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Deputat tomonidan mahalladagi xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni kasb-hunarga o‘qitish va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida xotin-qizlar faolining tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, kelgusidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1