Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Xabibulla Bozorov O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Uzun tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Xabibulla Bozorov O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Taqdirlash marosimi tuman hokimligining katta majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. Unda maktab direktorlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari hamda ta’lim sohasi mas’ullari ishtirok etdi

Ko‘krak nishoni Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev tomonidan topshirildi Ta’kidlanganidek mazkur mukofot tuman hokimining ta’lim sohasiga qaratayotgan doimiy e’tibori, yangi ta’lim muassasalarini barpo etish va mavjudlarini zamonaviy talablarga mos ravishda ta’mirlash, o‘quvchi va pedagoglar uchun munosib sharoitlar yaratish borasidagi amaliy sa’y harakatlari uchun berildi

So‘nggi yillarda tumanda ta’lim infratuzilmasini yaxshilash, moddiy texnik bazani mustahkamlash hamda yoshlarning sifatli bilim olishi uchun zarur shart sharoitlarni yaratish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda Mazkur e’tirof ana shu izchil islohotlar va ta’lim ravnaqi yo‘lida olib borilayotgan samarali faoliyatning munosib bahosi bo‘ldi desak adashmaymiz.    

Slide 1 of 1