Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Deputat maktab bitiruvchilari bilan

 Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Xolmatova hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda tumandagi 22-maktabda o‘quvchilar bilan ochiq suhbat o‘tkazildi. 

Uchrashuv davomida o‘quvchilarga zamonaviy ta’lim imkoniyatlari, kasb-hunar tanlashda to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq belgilash, bilim va ko‘nikmalarni muntazam rivojlantirishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar
berildi. Suhbat davomida o‘quvchilarga odob-axloq, vatanparvarlik, kitobxonlik madaniyati hamda yoshlar tarbiyasiga oid muhim masalalar haqida ma’lumotlar berildi.
 

Shuningdek, yoshlarning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarishda mas’uliyat, intizom va mustaqil fikrlash muhim omil ekani ta’kidlandi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘z fikr va mulohazalarini erkin bildirdilar,
savol-javoblar orqali mavzu yanada boyitildi.
 

Muloqot jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, kelajakdagi rejalari va maqsadlari yuzasidan fikr almashdilar. Samimiy ruhda kechgan suhbat yoshlarni ilm olishga rag‘batlantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ta’lim jarayoniga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qildi. 

   

Slide 1 of 4