Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Kengash kotibiyati mudiri B.Qorajonov Kengashning 2025-yilda amalga oshirgan ishlari va 2026-yilga mo‘ljallangan vazifalar to‘g‘risida axborot berdi. Matbuot anjumanida tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari S.Ismailov, "Gʻallaorol ovozi" gazetasi bosh muharriri A.Otamurodov, "Mushtum" jurnalining maxsus muxbiri M.Saddinova o‘z fikr-mulohazalari va savollari bilan ishtirok etdi. Anjumanda ta’kidlanishicha tuman Kengashi tomonidan 2025-yil davomida 12 ta sessiya chaqirilgan. Sessiyalarda 198 ta qaror qabul qilinib ijroga qaratilgan. 15 ta nazorat - tahlil tadbirlari tashkil etilib natijasi sessiyalarda muhokoma qilingan. Qonun, qaror va farmon talablarini buzgan va ijro intizomini susaytirgan tashkilot mas'ullariga nisbatan tegishli chora ko‘rish bo‘yicha kiritilgan takliflar soni 15 tani tashkil etgan va 15 nafar mas'ulga intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilgan. Tuman Kengashi deputatlari tomonidan 72 ta deputatlik so‘rovi jo‘natilgan va 82 foiz ko‘tarilgan masalalar ijobiy yechim topgan. O‘tgan yilda tumanga davlat dasturlariga asosan qurilish va ta’mirlash ishlari uchun jami 314 mlrd 279 million so‘m mablag‘ ajratildi. Mazkur loyihalarning sifatli olib borilishi va o‘z vaqtida topshirilishi uchun har bir loyihaga tuman Kengashi deputatlari biriktirilib, jamoatchilik nazorati o‘rnatildi. Oliy Majlis Senati huzuridagi fuqorolik institutlarini qo‘llab quvvatlash jamoat fondi grantlariga deputatlar taklif kiritdi va qiymati 380 mln so‘mlik grant mablag‘larini muhim sohalarga yo‘naltirdilar. Shuningdek, joriy yil uchun belgilangan vazifalar bo‘yicha batafsil axborot berildi.

Slide 1 of 4