Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Urganch shahrida 2026-yil 12–13-fevral kunlari muhim va mazmunli ikki kunlik treninglar bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Yangibozor va Shovot tumanlari hamda Xiva shahar Kengashlari huzuridagi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari, shuningdek Yoshlar maslahat guruhlari vakillari ishtirok etdi.

Mazkur treninglar Shvetsariya Taraqqiyot va hamkorlik agentligining moliyaviy ko‘magida “Yuksalish” harakati, BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) hamda BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida, BMTning “O‘zbekistonda yoshlar va bolalar uchun qulay mahalliy boshqaruvning inklyuziv transformatsiyasi” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Tadbirlarning bosh maqsadi — yoshlarni qaror qabul qilish jarayonlariga faol jalb etish, mahalliy boshqaruvda ularning fikr va tashabbuslarini inobatga olish hamda yoshlar maslahatlari mexanizmlarini yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Trening davomida ishtirokchilar yoshlar va bolalar ishtirokini ta’minlash borasidagi xalqaro hamda milliy tajribalar bilan yaqindan tanishdi. Byudjet jarayonlariga oid amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z hududlarida yoshlar ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan aniq taklif va tashabbuslarni ishlab chiqishdi. Shuningdek, kelgusi 6 oyga mo‘ljallangan harakatlar rejasi ham shakllantirildi.

Yakunda qatnashchilar mahalliy boshqaruv tizimida yoshlar maslahatlari tuzilmasi, ularning vakolatlari va funksiyalari haqida batafsil bilimga ega bo‘lishdi hamda ushbu mexanizmlardan samarali foydalanish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni mustahkamlashdi.

Slide 1 of 5