Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
FUQAROLARGA HUQUQIY MASLAHATLAR BERILDI

Gurlan tuman Huquqiy maslahat byurosi (“Madad” NNT) bosh mutaxassisi Artikov Umidbek Sharipovich hamda xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi deputati Niyazmetova Dilbar Ibragimovna, Gurlan tuman Kengashi kotibiyati mudiri Artikov Xursand Zaxirovich va tuman Kengashi deputati Xudayarov Shokir Radjapovichlar tumandagi Shodlik mahallasida fuqarolar uchrashuvi o‘tkazdi.  

Uchrashuv davomida tuman Huquqiy maslahat byurosi mutaxassisi U.Artikov tomonidan fuqarolarga huquqiy maslahatlar hamda amaldagi qonunchilik normalari haqida tushuncha va ma’lumotlar berdi.  

Fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga huquqiy asoslangan va batafsil javob olganlaridan mamnun ekanliklarini bildirdilar. 

 Uchrashuvda xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi deputati D.Niyazmetova bu kabi hamkorlik uchrashuvlari viloyat va tuman Kengashi faoliyatining ochiqligi va samaradorligini ta’minlashga xizmat qilishi va kelgusida fuqarolar manfaatini ustuvor yo‘nalish sifatida belgilagan holda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va muntazam ravishda deputatlar bilan birgalikda mahallarda huquqiy maslahatga ehtiyoji bo‘lgan aholining muammolari o‘rganilib, ularga qonunchilik asosida huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatish zarurligi haqida gapirdi va uchrashuvni yakunladi. 

Slide 1 of 4