Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
DEPUTAT VA "MAHALLA YETTILIGI" HAMKORLIGI "MAHALLANI RIVOJLANTIRISH VA JAMIYATNI YUKSALTIRISH YILI"DA YANGI BOSQICH

📍 Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashidagi 19-“Ma’rifat” saylov okrugidan saylangan deputat A.Mustafakulov hamda Kengash kotibiyati xodimlari ishtirokida "Ma’rifat" mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

⚖️ Senat qarori ijrosi — diqqat markazida. Ushbu o‘rganish shunchaki tashrif emas, balki Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi Q-35–V-sonli Qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan amaliy qadamdir. Mazkur qaror bilan belgilangan deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlari mahallabay ishlash tizimini yangi sifat bosqichiga olib chiqmoqda.

📝 Deputat bu galgi o‘rganishlarida asosiy e’tiborni mahalla hayoti uchun eng og‘riqli va muhim bo‘lgan quydagi yo‘nalishga qaratdi:

✅ Mahalla yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda hududdagi ishsiz yoshlarning ro‘yxati va ularning bandligini ta’minlash darajasi tahlil qilindi. "Yoshlar daftari" orqali ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘makning natijadorligini, ishsiz yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha "yetakchi"ning faoliyati ko‘rib chiqildi.

✅ "Ma’rifat" mahallasidagi o‘rganishlari doirasida eng ustuvor vazifa sifatida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.Mahalladagi ijtimoiy xodimning faoliyatiga baho berilib, og‘ir ahvoldagi bemorlarga ko‘rsatilayotgan "individual xizmat"larning sifati, nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul beriladigan dori-darmonlar, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalarining yetkazib berilayotganligi tahlil qilindi.

✅ A.Mustafakulov shaxsan ko‘p qavatli uylarning podyezdlarning tozaligi, tungi yoritish chiroqlarining sozligi va uy atrofidagi maydonlarning obodonlashtirilgani deputat nazoratiga olindi. "Budjet mablag‘lari va aholi to‘lovlari qayerga sarflanmoqda?" degan savol BSK rahbarlari oldiga qat’iy qo‘yildi.

✅ Hududdagi profilaktika inspektori bilan birgalikda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi. Ayniqsa, "qizil" va "sariq" hudud sifatida belgilangan nuqtalarda huquqbuzarliklarni jilovlash, profilaktik suhbatlarni kuchaytirish va mahalladoshlar orasida hushyorlikni oshirish masalalariga alohida urg‘u berildi. Maqsad — "Ma’rifat" mahallasini jinoyatchilikdan xoli "yashil" hududga aylantirish!

🤝 Muloqot davomida deputat A.Mustafakulov mahallani rivojlantirishga qaratilgan barcha dastur va loyihalarning ijrosi ustidan deputatlik nazorati qat’iy bo‘lishini ta’kidladi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aholi murojaatlariga yechim topish bo‘yicha "yettilik" a’zolari bilan hamkorlikdagi aniq rejalar tuzildi.

Slide 1 of 7