Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Sessiyada Buxoro viloyatida 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarining manzilli dasturi koʻrib chiqildi
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari va kotibiyat xodimlari uchun semenar o‘tkazildi.

Ushbu semenar Mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat faoliyatining takomillashtirilishi munosabati bilan ularning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida tashkil etildi.

Mazkur semenarda xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi raisi S.Nurmahmatov ishtirokchilarga Kengash faoliyatining natijadorligini oshirish, ijtimoiy masalalarni hal etishda tizimli rejalashtirish va tahlilga tayangan ish uslublarini shakllantirishga qaratilgan ma’lumotlarni berdi.

Semenar jarayonida tumanda hududiy dasturlarni ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilish, mahalliy byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi bandligi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Kengashda deputatlik so‘rovlari bilan ishlash, ijro intizomiga rioya qilish, mahalliy hokimiyat ijro organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish masalalari to‘g‘risida alohida ta’kidlandi. Kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni rejalashtirib olish kerakligini ham qayd etildi. Deputatlarni vakolat muddatlari davomida ma’suliyatli vazifalarni vijdonan bajarishlari lozimligi aytib o‘tildi.

Shundan so‘ng tuman deputatlari ham so‘zga chiqishib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdilar.

Slide 1 of 4