Tuman Kengashi deputati Eldor Erkaboyev “Boboyurt” mahalla “yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholini qiynayotgan muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashdi.
Shundan so‘ng, mahallada turli muammolarga duch kelayotgan xonadonlarga borib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot olib bordi, ularning taklif va murojaatlarini tingladi hamda masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.