Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda komissiya aʼzolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi xodimlari, NNTlar, milliy madaniy markazlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoro viloyatining 2026-yilgi strategik taraqqiyot yo‘nalishlari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Хalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Tibbiyot fidoyisiga munosib eʻtirof!
янв.21
Erta nikoh – qadriyat emas, muammo!
янв.21
O‘zbekiston va AQSh hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi
Yoshlar xavfsizligi va ta’lim-tarbiyasi — dolzarb masalalar muhokamada

Yoshlar xavfsizligi va ta’lim-tarbiyasi — dolzarb masalalar muhokamada

19-Mingchinor saylov okrugi deputati Rahimova Gavhar Ismoilovna boshchiligida Prezidentimiz e’tibor qaratgan kriminogen holatlar yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi. 

Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, psixotrop moddalardan ehtiyot bo‘lish hamda kiberxavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, viloyat hokimi tomonidan yoshlar ta’lim-tarbiyasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud yutuq va kamchiliklar aniq misollar asosida atroflicha tahlil qilindi. Xususan, umumta’lim va kasb-hunar ta’limi sohasidagi holat muhokama qilinib, yoshlar tarbiyasida sifat va natijadorlikka erishish nafaqat ta’lim muassasalarining, balki keng jamoatchilikning ham muhim vazifasi ekani ta’kidlandi. Shu asosda, sohada kechiktirib bo‘lmaydigan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 4