Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Sessiyada Buxoro viloyatida 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarining manzilli dasturi koʻrib chiqildi
янв.21
KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda komissiya aʼzolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi xodimlari, NNTlar, milliy madaniy markazlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoro viloyatining 2026-yilgi strategik taraqqiyot yo‘nalishlari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
Murojaatnoma — barqaror taraqqiyot va farovonlik kafolati

Qo‘shko‘pir tumani Ko'nezey mahallasida joylashgan 21-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini mahalla aholisiga yetkazish maqsadida targ‘ibot-tadbir tashkil etildi.

Tadbirda xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputatlari M. Tillayeva, N. Bobojonova, R. Ismoilova, Urganch davlat universiteti o‘qituvchisi Yashin Karimov hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Murojaatnomada belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan vazifalar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 1