Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Deputatlar mahalla yettiligi hisobotini eshitdi va saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

 Oltinsoy tumanida “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi hisoboti eshitildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur tadbir tashkil etildi. 

Hisobot yig‘ilishida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi A.Turdiyev hamda tuman Kengashi deputati X. Tavasharovlar ishtirok etdilar. 

Shuningdek, tadbir doirasida deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvi ham o‘tkazildi. Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. 

Bildirilgan murojaatlar bo‘yicha tegishli mas’ul korxona va tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborish hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 

  ✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 10