Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 ️Sessiya kun tartibiga muvofiq qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. 

️Jumladan,
tumanda 2026 yil uchun yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha MFY va OFYlar kesimida
iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda kamaytiruvchi va oshiruvchi
koeffitsientlar qo‘llanib, yer solig‘i hamda yer qa’ridan va suv resurslaridan foydalanganlik
uchun soliq stavkalarini belgilash masalasi muhokama qilindi. Ushbu masala yuzasidan
tuman soliq bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari E.Murodullaev axborot berdi.
 

️Shuningdek,
2025 yil davomida tumanda yoshlar siyosati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar xususida
Yoshlar ishlari
tuman bo‘limi boshlig‘i K.Bekmurodov
hisobot berdi.
 

️Sessiyada
tashkilotlar rahbarlarining aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash faoliyati
yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Uchquduq tuman Xalq qabulxonasi
tomonidan taqdim etilgan axborot ham eshitildi. Mazkur masala yuzasidan yetakchi
mutaxassis J.Alimov axborot berdi.
 

️Kun
tartibida, shuningdek, Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining
VII-2-010-5-76-K/24-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish hamda Kengash kotibiyati
xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish masalalari ko‘rib
chiqildi. Bu masalalar bo‘yicha kotibiyat mudiri M.Kamolova axborot berdi.
 

️Sessiya
yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
  

Slide 1 of 1