Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
MUROJAATNOMA — AMALIY HARAKATLAR DASTURI

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Romitan tuman kengashi deputati M.Jumayeva tomonidan tumanning 23-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda mamlakat taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, kambag‘allikni qisqartirish, aholini daromadli qilish hamda mahallalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, ushbu vazifalar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining dasturiy maqsadlari bilan uyg‘un bo‘lib, partiya deputatlari va faollari joylarda ularni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda. Aholi muammolarini o‘rganish, ijtimoiy adolatni ta’minlash va kam ta’minlangan qatlam manfaatlarini himoya qilish partiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Xalq deputatlari Romitan tuman kengashi deputati M.Jumaeva