Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Sessiyada Buxoro viloyatida 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarining manzilli dasturi koʻrib chiqildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

MUNOSABAT

Prezidentimizning Oliy Majlisga yoʻllagan navbatdagi Murojaatnomasida mamlakatimizda soʻnggi yillarda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijalari atroflicha tahlil qilinib, 2026-yil va kelgusi yillar uchun ustuvor vazifalar aniq belgilab berildi. Davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi inson manfaatlarini taʼminlash, xalq farovonligini oshirish va Yangi Oʻzbekistonni barpo etish ekanligi alohida taʼkidlandi.

Prezidentimiz yoshlar, taʼlim, sport va ilm-fan sohasidagi yutuqlarga toʻxtalib, Oʻzbekiston futbol terma jamoasining ilk bor Jahon chempionatiga yoʻllanma olgani, shuningdek, shaxmat va para-sport turlaridagi tarixiy gʻalabalar mamlakatimiz sport salohiyati va yoshlarimizning iqtidorini yaqqol namoyon etayotganini eʼtirof etdilar. Bu yutuqlar sogʻlom turmush tarzini targʻib etish va yosh avlodni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarning samarasi ekanligi qayd etildi.

Shu bilan birga, Murojaatnomada iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va raqamli iqtisodiyotni joriy etish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Hududlarni kompleks rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va aholi bandligini oshirish orqali fuqarolarning hayot sifati yanada yuksaltirilishi belgilab olindi. Davlat boshqaruvida ochiqlik, shaffoflik va qonun ustuvorligini taʼminlash jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida qayd etildi.

Xalqaro maydonda esa Oʻzbekistonning nufuzi tobora mustahkamlanib, mamlakatimiz global muloqot va hamkorlik markaziga aylanib bormoqda. Markaziy Osiyo davlatlari bilan integratsiya jarayonlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, AQSH, Yaponiya va boshqa yetakchi davlatlar bilan strategik hamkorlik aloqalari yangi bosqichga koʻtarildi.

Davlat rahbari taʼkidlaganidek, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlidagi barcha islohotlar inson manfaatlariga xizmat qilishi, mahalla taraqqiyoti va zamonaviy texnologiyalar asosida mamlakatni barqaror rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, bu jarayonda jamiyatning barcha qatlamlari faol ishtirok etishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 10-Chag'atoy saylov okrugi deputat: Q.Raxamov

Slide 1 of 1